Ota o‘zi bilan yashashni xohlamagan o‘g‘lini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi
Ota o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lgan, o‘g‘il u bilan ketishni istamagan, shunda unga zo‘ravonlik ishlatilgan. Zo‘ravon ota jazoga tortildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida o‘g‘lini onasidan majburan ajratib olib ketmoqchi bo‘lgan va uni kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 23 mart kuni ota (M.X.) Chilonzor tumanidagi do‘konga borib, u yerdan o‘g‘lini olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo o‘g‘il u bilan ketishni istamagan. Shunda ota unga zo‘ravonlik ishlatgan.
Holat bo‘yicha IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilganda, er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda yuz bergani, 2 fevral kuni O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan onaga himoya orderi berilgani aniqlangan. Shundan so‘ng, ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar sudga yuborilgan.
2024 yil 27 aprel kuni M.X. sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 185-(2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025