Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda may oyida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladigan hududlar e’lon qilindi
Issiq suv ta’minotining bahorgi o‘chirilishi aprel oyida boshlandi, may oyida ham davom etadi.
Toshkent shahar issiq suv ta’minotida 15 apreldan boshlab 4 kunlik uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Issiq suv ta’minotining bahorgi o‘chirilishi may oyida ham davom etadi.
Veolia Energy Tashkent manzillar va o‘chirish sanalarini e’lon qildi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, 1-son “Yugnakiy-1” qozonxonasi: 27—31 may. Yugnakiy dahasi 6,19,20,21,22,23,24, 24, 25, 26, 26a, 26b-uylar;
- Mirzo Ulug‘bek tumani 3-sonli “Geofizika” qozonxonasi: 20—24 may. “Humoyun” dahasi Elbusinov ko‘chasi, 39-44-uylar, Do‘stlik ko‘chasi 1,3-uylar;
- Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-4 14/2 “Azamat-3” qozonxonasi: 13—17 may. TTZ-4 dahasi 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,24-uylar;
- Mirzo Ulug‘bek tumani, “Farobiy-3” 3/1-sonli qozonxona: 6—10 may. 14,15,16,17,18,46, 47,48,49,50,51,52-uylar, 382-son maktabgacha ta’lim muassasasi, 256-maktab, 120-maktab, 20-musiqa maktabi.
- Mirzo Ulug‘bek tumani Yugnakiy dahasi, “Farobiy -1” 2/1-sonli qozonxona: 1—3 may. 31,32,34,35,36,37,38,44,45-uylar, OPM-112;
- Mirzo Ulug‘bek tumani “Qori-Niyoziy 1,2” qozonxonasi: 13—17 may. Qori-Niyoziy ko‘chasi, 1,2-uylar;
- Shayxontohur tumani “Termiz-1” qozonxonasi: 6—8 may. Samarqand Darvoza dahasi, Termiz ko‘chasi 1-uy;
- Shayxontoxur tumani “Termiz 2” qozonxonasi: 13—15 may. Samarqand Darvoza dahasi, Termiz ko‘chasi 2-uy.
- Shayxontohur tumani “Yozuvchilar uyi” qozonxonasi: 16—17 may. Qozirobod 2-o‘tish yo‘li, 1-7-uylar;
- Mirobod tumani “26 Boku komissarlari” qozonxonasi: 6—10 may. Mirzo Jahongir ko‘chasi 6, 8, 8a, 11, 11/1-uylar, Kamalina ko‘chasi 36-uy;
- Mirobod tumani “57-maktab” qozonxonasi: 22—24 may. Erkin ko‘chasi 9/5, 9/6-uylar; 57-maktab;
- Olmazor tumani “Sag‘bon 30” qozonxonasi: 1—2 may. Sag‘bon ko‘chasi, 30-uy;
- Yashnobod tumani “Farg‘ona yo‘li 95a” qozonxonasi: 27—31 may. Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 95a, 1-13-uylar, M, Ashrafiy, 32, 6-uylar; 231-maktab, 79-bog‘cha;
- Yashnobod tumani “Yangiobod” qozonxonasi: 6—10 may. Oxangaron shossesi 1-8-uylar, Aviasozlar-4 dahasi 68/1.70-uylar, Donishmand ko‘chasi 33, 33/1-uylar, Muruvvat ko‘chasi 1/1, ½-uylar; 58-harbiy shaharcha dahasi, 28-uy, 227-maktab, 230-maktab; 28-Oilaviy poliklinika;
- Yashnobod tumani “22-Aviagorodok” qozonxonasi: 20—24 may. “Uchuvchilar shaharchasi” dahasi;
- Bektemir tumani “Vodnik” qozonxonasi: 13—17 may. “Suvsoz” dahasi;
- Bektemir tumani “Viza” qozonxonasi: 20—24 may. Oltin topgan ko‘chasi 3, 5, 8a, 8b, 8c, 15,17,19,19a,19b, 21, 23, 25, 27, 31a, 31b-uylar, Toshkent ko‘chasi 34,38,40,42,44,46,48,50,52,54,56,57,58,59,60-uylar, 570-bolalar bog‘chasi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025