Jahon | 11:30 / 30.04.2024
4884
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Belgorod viloyatida harbiy aerodrom qurmoqda

Mustaqil matbuot Ukraina bilan chegaradan 75 km uzoqlikda yangi harbiy aerodrom qurilishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlarini tasdiqlovchi sun’iy yo‘ldosh suratlarini e’lon qildi. 

Il-76 Foto: Petrov Sergey/Russian Look/picture alliance

Mustaqil matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya rasmiylari Belgorod viloyatida yangi harbiy aerodrom qurishni boshlagan. 29 aprel, dushanba kuni media-kompaniyalar Alekseyevka shahridan 9 km g‘arbda va Rossiya Federatsiyasi keng ko‘lamli urushni davom ettirayotgan Ukraina bilan chegaradan 75 km uzoqlikda joylashgan qurilish maydonining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi. 

Xabarlarda aytilishicha, aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagi uzunligi taxminan 1800 m bo‘lishi mumkin, bu Il-76 harbiy-transport samolyotlarini qabul qilish va jo‘natish imkonini beradi. 

Alekseyevka yaqinidagi yangi aerodrom 

Shu tariqa jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotni tasdiqladi. Mustaqil matbuot RedIntelPanda OSINT-akkaunti ma’lumotlariga asoslangan, u shu kuni X’da Belgorod viloyatida harbiy logistika markazi qurilishi haqida yozgan edi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil iyul oyida bu yerga yo‘l qurilgan va qish boshlanishiga qadar uchish-qo‘nish yo‘lagining sxemasi deyarli yakunlangan, aprel oyida esa yo‘l qoplamasi yotqizilgan. 

Matbuot xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining muhim logistika markazi Belgorod viloyatidagi Alekseyevkada joylashgan. 

Mavzuga oid