Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Mayning-fermalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati, «O‘zenergoinspeksiya» va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida kripto-aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha 17 ta holat aniqlangan. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, mayning-fermalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga 16 mlrd 553 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Misol uchun, Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga qarashli dala hovlida mayning qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanishi oqibatida davlat manfaatlariga 3 mlrd 476 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro ham hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, 1 mlrd 19 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosan tergov harakatlariga o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
15:48 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
10:36 / 06.09.2024