Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi
May oyidan boshlab to‘liqsiz ish staji bilan pensiyaga chiqqanlar va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyalar miqdori 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mga yetkazildi.
O‘zbekiston prezidenti 30 aprel kuni imzolagan farmon bilan, ayrim hujjatlarga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.
Farmonga ko‘ra, 2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m deb belgilangani sababli quyidagi pensiyalarning miqdori ushbu summaga tenglashtirildi:
- ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
“Buning natijasida 751 ming nafar yoshga doir va 110 ming nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.
Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 180 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi”, – deyiladi Pensiya jamg‘armasi xabarida.
Pensiyalar may oyidan boshlab oshgan miqdorda to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, minimal iste’mol xarajatlari elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari oshirilishi munosabati bilan 1 maydan e’tiboran 1 kishi uchun 1 oyga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mga (4,4 foizga) oshirilgan edi.
Mavzuga oid
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
13:18 / 04.05.2021
2022 yil 1 iyuldan pensiya tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-karta talab etiladi
16:57 / 15.04.2021
Pensiya jamg‘armasi: O‘zbekistonda qariyb 4 mln kishi pensiya va nafaqa oladi
12:39 / 13.04.2021