O‘zbekiston | 08:48 / 01.05.2024
1866
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bolalarda saratonni davolash bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi 

O‘zbekistonda bolalar orasida saraton kasalligini davolash bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va SSV tomonidan O‘zbekistonning Bolalarni saraton kasalligidan davolash uchun dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha global platformasida ishtirok etishi to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga asosan 14 ta tibbiyot muassasasi saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun sifatli dori vositalarini uzluksiz qabul qilishi hamda ularni bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilgan. 

Dunyoda birinchi bo‘lgan ushbu platforma JSST va AQShning Sent-Jud bolalar ilmiy-tadqiqot shifoxonasining loyihasi bo‘lib, bolalarni moliyaviy qiyinchiliklarsiz xavfsiz, samarali va sifatli saratonga qarshi dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston unda ishtirok etuvchi mamlakatlardan biri sifatida tanlangan.

Kelgusi olti yil ichida Sent-Jud shifoxonasi global platformaga 200 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid