Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Faol muloqotlar barcha darajalarda davom etayotgani, tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘payib borayotgani, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025