Infinix Note 40 seriyasidagi smartfonlarni 70W ultratez quvvatlash bilan taqdim etdi
Infinix Note 40 Pro O‘zbekistonda alohida e’tibor jalb qilmoqda, u ultratez quvvatlash va dunyoga birinchi marta taqdim etilgan All-round FastCharge 2.0 texnologiyasi bilan ajralib turibdi.
1 may kuni Infinix Mobility xalqaro texnologiya kompaniyasi O‘zbekistonda Note 40 va Note 40 Pro modellari bilan Note 40 Pro seriyasining yangi smartfonlarini taqdim etdi.
Taqdimotda mahalliy inflyuyenserlar, yuqori darajali texnik blogerlar, geymer-blogerlar hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi hamkorlari ishtirok etishdi.
FastCharge - istalgan joyda, istalgan vaqtda va istalgan ob-havoda quvvatlash mumkin
Yangi Infinix qatorida akkumulyatorlarning sig‘imi va zaryadka imkoniyatlariga katta e’tibor berilgan, shuning uchun Note 40 Pro smartfoni — ushbu segmentda tengsiz kuchli zaryad olish imkoniyatiga ega zamonaviy smartfon. Modelga All-round FastCharge 2.0, ko‘p tezlikli FastCharge, simsiz va simli MagCharge, teskari zaryadka, shuningdek, o‘zining mahsuloti - ko‘p funksionalli zaryadka rejimlarini qo‘llab-quvvatlovchi chip kabi innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda kompaniya o‘z qurilmalarining tez va muvaffaqiyatli rivojlanishini yana bir bor tasdiqladi.
Note 40 Pro’ning 70W quvvatga ega universal ultratez zaryadkasi a’lo ko‘rsatkichni namoyon qiladi, giper-rejimda noldan 50% zaryadga atigi 16 daqiqada to‘ladi, eng optimal smart-rejimda esa bunga 4 daqiqadan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
Tengsiz MagKit
Infinix MagKit to‘plami qulay magnit zaryadkasi uchun mo‘ljallangan, telefon uchun MagCase himoya qobig‘i, magnit zaryadlash paneli MagPad va ko‘chma zaryad qurilmasi MagPower’ni o‘z ichiga oladi. MagCase himoya qobig‘ining yuqori qismi eko-charmdan ishlangan va halqa shaklida bosilgan. Infinix Note 40 Pro - kompaniyaning birinchi smartfoni bo‘lib, u simsiz magnit zaryadkasi va tashqi akkumulyator MagPower bilan 3200 mA/soat sig‘imga ega MagKit halqasiga ega. MagChargeʼning 20W quvvatga ega takomillashgan simsiz zaryadkasi o‘z sinfidagi ko‘rsatkichlardan yuqori samarani ko‘rsatadi.
Super chip Cheetah X1
Quvvatni boshqarish uchun Infinix o‘zining Cheetah X1 deb nomlangan chipsetini ishlab chiqdi. Ushbu chip yuqori aniqlikdagi quvvatni aniqlashni ta’minlaydi, turli zaryadka turlarini qo‘llab-quvvatlaydigan xavfsiz modullarni o‘z ichiga oladi va kuchlanishni sezuvchi xavfsizlik modullarini o‘z ichiga oladi, samarali zaryadlash va boshqa ilg‘or imkoniyatlarni taqdim etadi. Ushbu o‘ziga xos ishlanma tufayli smartfon uchta zaryadlash rejimiga ega: eko, smart va giper rejim, bunda telefon atigi 16 daqiqada noldan 50% gacha quvvatlanadi.
Tashqi ko‘rinish va ta’sirli ko‘rsatkichlar
Yangi model 5000 mA/soat quvvatga ega batareya bilan jihozlangan va 1600 to‘liq zaryad sikllarini 80% energiyani saqlab qolgan holda bajaradi.
Yorqin va sezuvchan 6,78 dyuymli ixcham 3D AMOLED ekran FHD+ rezolyutsiyaga ega bo‘lib, uning chastotasi 120 Gs ni tashkil etadi. Smartfon qalinligi atigi 7,8 mm bo‘lib, uning ekrani mustahkam Corning Gorilla Glass’dan ishlangan.
Ekranning maksimal yorqinligi 1300 nit, sensor javob chastotasi 360 Gs, DCI-P3 rang makonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon zamonaviy uch karra sensorli zum texnologiyasi va asosiy 108MP kamerasi bilan jihozlangan, bu kamera uzoq masofadan ham aniq va batafsil tasvirlarni oladi, sifatni yo‘qotmaydi. Model OIS texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, u kamera tebranishini kamaytiradi va tasvirni aniqroq va barqarorroq qiladi. Selfi-kamera 32MP aniqlikka ega. Note 40 Pro katta hajmli 256GB ichki xotira va 12GB operativ xotira bilan taqdim etilgan, bu operativ xotira 24GB gacha kengaytirilishi mumkin.
Sun’iy intellektni (AI) o‘z ichiga olgan va takomillashtirgan holda Infinix JBL kompaniyasi bilan hamkorlikda yorug‘lik funksiyalari Active Halo’ni yangiladi, tovush sifati va samaradorlik bo‘yicha misli ko‘rilmagan ko‘rsatkichlarga erishdi. Active Halo funksiyasi keluvchi qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa eshitish, zaryadka, o‘yinlar va hokazolar paytida faollashadi va faqat Titan Gold (Tillarang titan) rangida faol.
Qurilma ekran ostidagi optik barmoq izi skaneri, NFCʼni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, IP54 standarti bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. Extreme-Temp texnologiyasi, hatto qorli ob-havoda ham mos kelib, -20°C haroratda ishonchli zaryadka yechimini ta’minlaydi.
Qayd etish lozimki, seriyadagi barcha modellar XOS Android 14 operatsion tizimi bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Note 40 Pro Android tizimi yangilanishlarini 24 oy va 36 oy davomida xavfsizlik patchlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Aniq o‘yin
24GBgacha kengaytiriladigan operativ xotira geymerlar uchun ko‘p vazifalilikni yaxshilaydi, vakuum kamera bilan sovitish tizimi haroratni 7°C gacha pasaytiradi. XBOOST kadrlar chastotasi boshqaruv tizimi PUBG Mobile, MOBA va FPS kabi mashhur o‘yinlarning ishlashini optimallashtiradi, natijada foydalanuvchi yuqori kadrlar chastotasi bilan a’lo o‘yin jarayonidan zavqlana oladi. Bundan tashqari, yuqori aniqlikdagi ikki stereodinamiklar hayajon baxsh etuvchi tovush beradi va o‘yinni yanada qiziqarli qiladi. Bypass Charging 2.0 texnologiyasi qurilmaning ortiqcha qizib ketishi oldini oladi, intensiv o‘yin seansi yoki video ko‘rish vaqtida energiyani bevosita ona plataga yetkazib, o‘yin sifatini ijobiy ta’sirlantiradi.
Narxlar va sotuvlar haqida
Note 40 Pro ikki rangda, to‘q yashil (Vintage Green) va Titan Oltin (Titan Gold) ranglarida - 3 276 000 so‘m narxda, Note 40 esa 2 641 000 so‘m narxida va mamlakatning elektronika savdo tarmoqlarida mavjud.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: INSTAGRAM
Mavzuga oid
14:14 / 12.11.2024
Rossiyaliklar XXRning Infinix smartfonlari bloklanganidan shikoyat qilmoqda
17:00 / 29.07.2024
Infinix Note 40s'ni tanlash uchun 7 sabab
11:10 / 11.06.2024
Infinix GT 20 Pro: O‘zbekistonda yilning eng yaxshi o‘yin smartfonlaridan biri taqdim etildi
19:00 / 06.06.2024