O‘zbekiston | 08:31 / 02.05.2024
6684
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkakka hukm o‘qildi. 

Foto: Toshkent shahar sudlari

Toshkent shahar sudlari xabariga ko‘ra, ish 1 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida sudya B.Berdiyev tomonidan ko‘rib chiqildi. 

Poytaxt ko‘chalarining birida voyaga yetmagan qizga nisbatan shilqimlik qilgan, 1997 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Mavzuga oid