Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartibi soddalashtirildi
Buning uchun yuridik shaxslarga bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnomalar beriladi.
Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartib-taomillarini soddalashtirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartibtaomillarini soddalashtirildi.
Bunda yuridik shaxslar tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlari soddalashtirilgan holda, 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Energetika vazirligining buyrug‘iga muvofiq «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zenergoinspeksiya» quvvatlantirish stansiyalarini tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlarini belgilangan muddatlarda kelishib berilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
21:51 / 18.09.2024
Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillardan oshib ketgan birinchi davlatga aylandi
08:20 / 18.09.2024
Avgust oyida elektromobillar savdosi 2 baravar kamaydi
18:35 / 12.09.2024
2024 yilda dunyoda eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligi ma’lum qilindi
15:27 / 12.09.2024