Kuvayt Sergelida savdo majmuasini qurish loyihasida ishtirok etishi mumkin
Kuvayt kompaniyasi Sergeli tumanida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgan Kuvaytning Gulf General Trading Co. Ltd. kompaniyasi rahbari Iyad Solih Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muzokaralar chog‘ida Sergeli tumaniga investitsiyalar jalb qilish va zamonaviy texnologiyalarni olib kelish, shuningdek, farmatsevtika bo‘yicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Sergeli Mall savdo majmuasini qurish loyihasida ishtirok etish takliflari bildirildi.
O‘z navbatida, investor Iyad Solih Sergeli tumanida joylashgan davlat tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlash, dunyodagi so‘nggi texnologiyalar asosida kasallikni erta aniqlash va tashxis qo‘yish texnologiyalarini olib kirish taklifini bildirdi. Kuvayt vakili ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish yo‘nalishida ham hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilab oldi va unga investitsiya kiritish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid

11:00 / 12.05.2025
Kuvayt bilan neft-kimyo sohasida 850 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

14:37 / 03.05.2025
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi

10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi

10:51 / 08.04.2025