Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi
Oqlanganlar orasida sud-huquq tizimida yuqori lavozimlarda ishlagan taniqli shaxslar ham bor. Ularning aksariyatiga Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930 yil 21 iyundagi hukmi bilan mol-mulki musodara qilingan holda o‘lim hamda uzoq muddatli qamoq jazosi berilgan.
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1930-1938 yillarda sud hukmi bilan nohaq jazoga tortilgan 198 nafar shaxsga doir 11 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda sud majlisida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, nohaq jazoga tortilganlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar va qurolli qo‘zg‘olonlar, terrorchilik, banditizm va shpionaj sodir etish, Farg‘ona viloyati hududida bosmachilik harakatida qatnashish, partiya tashkilotlarida aksilsho‘ro faoliyatini amalga oshirish kabi jinoyatlarda ayblangan.
Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan 11 ta jinoyat ishi bo‘yicha Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida protestlar keltirildi. Ochiq sud majlislarida ushbu protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarilgan.
Sud ishida oqlangan shaxslardan biri Sa’dulla Qosimov. U 1900 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1929 yil 3 martga qadar O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlagan. Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930 yil 21 iyundagi hukmiga ko‘ra Sa’dulla Qosimov mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga tortilgan. Mazkur ish doirasida o‘sha vaqtda Qosimov bilan birga yana 6 kishi O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
O‘tkazilgan sud majlisida S.Qosimovning nabirasi F.Sa’dullayev tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyati ham ko‘rib chiqilgan. Natijada S.Qosimov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmi bekor qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermagani sababli aybsiz deb topilgan va oqlangan.
2024 yil 6 may kuni Oliy sud tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati:
— Qosimov Sa’dulla Rashidovich, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan;
— Sharipov Badriddin, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan;
— Mirsagat Mirzokirov, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan;
— Rustamxo‘ja Ibrohimo‘jayev, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan;
— Spirodonov Vyacheslav Petrovich, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan;
— Olimov Nasriddin, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga hukm qilingan;
— Akbar Samijanov, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan;
— Erniyoz Jumaniyozov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Kosh Qurbonov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Nazar Qobulov, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Abdulla Avazmetov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Bekchan Matchonov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Matchon Iskandarov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Egamberdi Qo‘chqorov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Sharif Raximov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Erniyoz Bobojon, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilingan;
— Mayli Saurov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Matchanbek Matmuratov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Raimbergen Saitniyazov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Matyoqub Jumaniyozov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan ;
— Mamajon Saribakalov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Masharip Sari Bakalov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Quranboy Pirmanov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Raxmonqul Adamov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Nurulla Boboniyozov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Ibrohim Yuzboshi Masharipov, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Pirjon Masharipov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Otajon Abdullayev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Kuryaz Mulla Vaisov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Madraim Masharipov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Jumaniyoz Sultonmurodov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Xudoybergan Masharipov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Matmurot Avezov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Nazar Maxram Aminov, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan;
— Madaminjon Abdalniyozov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Mustafo-Kazak Kosharov, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Xudoybergan Masharipov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Jumaniyoz Allabergenov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Saur Qalandarov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Yusuf Xo‘ja Ibrohimov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Mulla Ibaydulla Axmetov, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Abdushukur Abduqodirov, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Nurmat Yusupov, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Bobojon Maqsum Masharipov, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Ibrohim Otajonov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Maxsum Ibadulla Xoji Abdurasul, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Yaxshimurod Davlemurodov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Abdi Eshon Otajonov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Usmon Eshon Otajonov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Ibadulla Nurmetov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Vais Ortiqov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Usta Qalandar Axmedov, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Safar Shagalov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Safarboy Durdiyev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Berdi Qilich Bekmuratov, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Saydulla Nurullayev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Shonazar Sattorov, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Bozor Boltayev, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Yoriqul Qodirov, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Tursun Amin Qilichov, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Muhammadqul Mustafoqulov, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Xoji Murod Amin Ro‘ziyev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Mirza Ahmad Rajabov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Kari Daud Adilov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Sobir Xoliqov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Niyoz Soibov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Ro‘zi Nurullayev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Mulla Safar Raxmonov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Bozor Turdiyev, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— To‘ra Raxmatov, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— To‘qson Kattasheyxov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Huseyn Jalolov, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Sharif Marufov, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Murod Tursunov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Nor Gadoyev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Xalim Xaitov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Tolip To‘rayev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Hamdam Sharipov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Nor Nazarov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Normurot Hamroyev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Barot Haydarov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Juma Fayziyev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Saidqul Periyev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Safar Xayriyev, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilinib, jazodan ozod qilingan;
— Nig‘mat Norov, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilinib, qamoqdan ozod qilingan;
— Mo‘min Tursunqulov, 10 yilga qonslagerga jo‘natilgan;
— Lutfulla Sayfullayev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Qobil Tangri Berdiyev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Hasan Xazratqulov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Iskandar Xafizov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Ali Xafizov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Bek-Ali Abduraxmonov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Rashid Abdullayev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Muqum Abdullayev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— To‘ra Xudoyorov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Savran Hasanov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Doston Abduraxmonov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Davron Berdiyorov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Turg‘un Alimov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Qorabek Niyozov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Sindar Davronov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Jaldiboy Davronov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Bozorbek Tursunqulov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Raimqul Egamberdiyev, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Oqilbek Odilov, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Bayzar Odilov, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Ergash Abdullayev, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan;
— Ixlos Berdiyorov, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Omon Botirov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Soxib Abdullayev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Xofiz Maqsum Mulla Mirzayev, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Omon Keldiboyev, 3 yilga surgun qilingan;
— Barot Qipchaqov, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Jo‘ra Abdullayev, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan;
— Dadaboy Umaraliyev, otuvga hukm qilingan;
— Mirvali Miryusupov, otuvga hukm qilingan;
— Mamajon Qori Rasulboyev, otuvga hukm qilingan;
— Mulla Axmed Ali Azimboyev, otuvga hukm qilingan;
— Abdug‘affor Miryusupov, otuvga hukm qilingan;
— Xojimat Azimboyev, otuvga hukm qilingan;
— Komiljon Zokirxo‘jayev, otuvga hukm qilingan;
— G‘oyibberdi Alinazarov, otuvga hukm qilingan;
— Abuladjon Haqnazarov, otuvga hukm qilingan;
— Jafar Ishmatov, 3 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Ismoil Yusupov (Kazakov), otuvga hukm qilingan;
— Raxmon Xudoybergenov, otuvga hukm qilingan;
— Ortiq Haqnazarov, otuvga hukm qilingan;
— Matrizo Ibrohimov, otuvga hukm qilingan;
— Qalandar Yusupov, otuvga hukm qilingan;
— Abdulla Fazilov, otuvga hukm qilingan;
— Bobojon Nakiyev, otuvga hukm qilingan;
— Saidjon Nakiyev, 10 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Askar Nakiyev, otuvga hukm qilingan;
— Latif Abduraxmonov, otuvga hukm qilingan;
— Abdalniyoz Tojiyev, otuvga hukm qilingan;
— Madraim Quramboyev, otuvga hukm qilingan;
— Matyoqub Karimov, otuvga hukm qilingan;
— Bekjon Matchonov, otuvga hukm qilingan;
— Otajon Abdullayev, otuvga hukm qilingan;
— Masharip Raximov, otuvga hukm qilingan;
— Sabur Kamolov, otuvga hukm qilingan;
— Baba Kuryazov, otuvga hukm qilingan;
— Safarbala Matnazarov, otuvga hukm qilingan;
— Otajon Adamboyev, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan;
— Raim Bobojonov, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan;
— Matyoqub Abdukarimov, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan;
— Jumaniyoz Raximov, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan;
— Qurbonboy Raximov, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan;
— Doriomedov Andrey Ivanovich, otuvga hukm qilingan;
— Abdullajon Sodiqboyev, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Roksikov Nikolay Alekseyevich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Fedorov Mixail Dmitriyevich, 1 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Arseneva Vladimir Mixaylovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Nikolskiy Viktor Ivanovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Mulla Abdullajon Boboyev, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan;
— Shepelev Semena Vasilekich 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Barxash Lev Lvovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Gorodiskiy Konstantin Konstantinovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Yakovenko Fedor Titovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Nenzberg Vladimir Aleksandrovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Nikolskiy Andrey Ivanovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Vlasov Dmitriy Pavlovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Antipov Nikolay Danilovich , 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Sologub Anatoliy Nikolayevich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Muxanov Aleksandr Vladimirovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Monstrov Konstantin Ivanovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Lazarev Aleksandr Ilich, 1 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Sitnyakovkiy Boris Nikonorovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Sitnayakovskiy Aleksey Nikonorovich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Pokrovskaya-Spirodonova Olga Dmitriyevna, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Rodziyevskiy Dmitriy Grigorevich, 2 yilga konslagerga surgun qilingan;
— Bezsonov Andrey, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan;
— Nikolkaya Lidiya, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan;
— Ikrom Shokirov, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan;
— Lalixo‘ja Turdixo‘jayev, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan;
— Madat Shmatbayev, konslagerga surgun qilingan;
— Nishonbibi Muhammadsaidov, konslagerga surgun qilingan;
— Ubaydulla Abdullayev, ozodlikdan mahrum qilingan;
— Fatxulla Sagdullayev, ozodlikdan mahrum qilingan;
— Nabi Rabiyev, ozodlikdan mahrum qilingan;
— Muhiddin Mo‘minxo‘jayev, ozodlikdan mahrum qilingan;
— Mamatalibek Qosimov, ozodlikdan mahrum qilingan;
— Qambar Sodiqov, ozodlikdan mahrum qilingan;
— Sagdulla Fuzailov, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Ilhom Orifxo‘jayev, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Majid Ziyoxo‘jayev, dastlabki tergov davomida qamoqda bo‘lgani sababli, jazodan ozod etilgan;
— Hamid Ziyoxo‘jayev, dastlabki tergov davomida qamoqda bo‘lgani sababli, jazodan ozod etilgan;
— Jo‘ra Axmedov dastlabki tergov davomida qamoqda bo‘lgani sababli, jazodan ozod etilgan;
— To‘raxo‘ja Kalimbetov, otuvga hukm qilingan;
— Davlet Shila; otuvga hukm qilingan;
— Sadulla Nasratdin, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Akmamet Sadubay Eshon, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Sara Xo‘jakev, otuvga hukm qilingan;
— Adabay Bekmanov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Jamil Niyozov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Seitnazar Daumbetov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Yusup Axunxo‘jayev, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Pirnazar Kaatan, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Biyxo‘ja Kalimbetov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Jababergen Qadirbergenov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Musa Qadirbergenov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Gaip Sharjanov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Abaydulla Raushanov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
— Bekbergen Toshanov, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
19:39 / 21.11.2024
SSSR tarixidagi eng yirik o‘g‘rilik: qatl etilgan amakivachchalar
14:58 / 03.11.2024
G‘arb va SSSR o‘rtasidagi josuslik o‘yinlari: Britaniyaga qochgan sovet mayori
09:20 / 30.10.2024
Rossiyada va dunyoda «Ismlarni qaytarish» aksiyasi bo‘lib o‘tdi
19:20 / 21.10.2024