O‘zbekiston | 19:19 / 07.05.2024
3608
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi chorakda O‘zbekiston aeroportlari 3 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi 

Yo‘lovchi va yuk tashishda o‘tgan yilga nisbatan o‘sish kuzatildi. 

2024 yil birinchi choragida O‘zbekiston aeroportlari asosiy ko‘rsatkichlari – yo‘lovchi va yuklarni tashish, xizmat ko‘rsatilgan reyslar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 50 foizga o‘sdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, dastlabki uch oyda xalqaro aeroportlar tomonidan 25 mingdan ortiq reysga xizmat ko‘rsatilgan, shundan 8 mingtasi ichki, 17 mingdan ortig‘i xalqaro yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 40 foizni tashkil etgan. 

Shuningdek, mahalliy aviakompaniyalar tomonidan 16 mingdan ortiq, xorij aviakompaniyalari tomonidan 8 mingdan ortiq reys amalga oshirilgan. 

Yanvar-mart oylari davomida O‘zbekiston aeroportlari 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan: ichki reyslarda 762 mingdan ziyod, xalqaro reyslarda 2,3 milliondan ziyod. 2023 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 42 foizni tashkil etgan. 

Shuningdek, 2024 yil birinchi choragida 17 ming tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 6 foizga ko‘p. 

Mavzuga oid