Xersonda g‘arb yordamini kutayotgan dengiz piyodalari va Belgorodda zarbaga uchragan avtobuslar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 803-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya mudofaa vazirligi G‘arbning «provokatsion bayonotlari va tahdidlari»ga javoban taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazilishini ma’lum qildi.
- RF TIVga Buyuk Britaniya elchisi chaqirildi — Devid Kemeronning Ukraina Rossiyaga britan qurollari bilan hujum qilishga haqli ekani to‘g‘risidagi so‘zlari uchun.
- Belgorod oblastida dronlar avtobus va avtomobillarga hujum qilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lib, 35 kishi yaralandi.
- Rossiyada neft va gaz sohasi armiya va qurol ishlab chiqarish zavodlari bilan raqobat tufayli ishchi kuchi taqchilligiga uchramoqda.
- Demokratlarning Vakillar palatasidagi yetakchisi Ukraina mag‘lub bo‘lgan taqdirda, AQSh urushga aralashishga majbur bo‘lishi haqida gapirdi.
- RF qo‘shini Sumi oblastiga aviazarba yo‘llab, dronlar bilan hujum qildi. Energetika infratuzilmasi shikastlangan, regionning bir qismi elektrsiz qolgan.
Ukraina qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi artilleriyachilari
Xerson oblastida Ukraina qurolli kuchlarining boshqa bo‘linmalari qatorida 37-dengiz piyodalari alohida brigadasi ham harbiy xizmatni o‘tamoqda. Brigada 2023 yil boshida, Ukraina yangi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganida shakllantirilgan.
Donetsk oblastidagi qabristonni minalardan tozalayotgan ukrain sapyorlari
Ukrainalik sapyorlar bu urushdagi eng shiddatli harbiy to‘qnashuvlar davom etayotgan Donetsk oblastidagi aholi yashash manzillaridan biridagi qabriston hududidan minalarni olib tashlamoqda. Mutaxassislarning baholariga ko‘ra, Ukraina hududini minalardan va janglardan keyin portlamay qolgan snaryadlardan tozalash uchun o‘nlab yillar talab etiladi.
Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushiga qadar Donetsk oblastining Konstantinovka shahrida 70 ming atrofida odam yashagan. Hozirda bu yerda qancha odam qolgani bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. Shahar muntazam ravishda zarbalar ostida turibdi. Rossiy qo‘shini Avdiyivka va Baxmut yo‘nalishlaridagi guruhlarini birlashtirib, Konstantinovkaga sharq va janubdan hujum qilishni rejalashtirmoqda.
Belgorod oblastida dronlar hujumi
Belgorod oblasti rasmiylari deyarli har kuni ukrainlarning pilotsiz uchish qurilmalari hujumlari haqida xabar beradi, RF mudofaa vazirligi hisobotida esa region uzra dronlar urib tushirilgani haqida ma’lum qilinadi. Oblast gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, 6 may kuni Ukraina dronlari Borisov rayonida qishloq xo‘jaligi korxonasi xodimlarini olib ketayotgan ikki avtobusga hamda bitta yengil avtomobilga zarba bergan. Yetti kishi halok bo‘lib, 35 kishi yaralangan.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024