Iqtisodiyot | 10:54 / 08.05.2024
2969
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya va Qatar Navoiyda shamol elektr stansiyasi qurishni rejalashtiryapti

Sojitz va Nebras Power kompaniyasi quvvati 1 GVt bo‘lgan yashil energiya stansiyasini qurishda investor sifatida ishtirok etmoqchi.

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Yaponiyaning Sojitz Corporation va Qatarning Nebras Power kompaniyalari Navoiyda shamol elektr stansiyasi qurmoqchi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi va Yaponiya hamda Qatar korxonalari o‘rtasida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi rejalashtirilayotgan loyihalar va ulardan hosil bo‘ladigan qisqartirilgan issiqxona gazi emissiyasi savdosi bo‘yicha dastlabki uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Sojitz va Nebras Power tomonidan Navoiy viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasida xorijiy investorlarning JCM (Joint Credit Mechanism) doirasida investor sifatida ishtirok etmoqchi ekanligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida qo‘shma kredit mexanizmi bo‘yicha hukumatlararo kelishuv mavjudligi va Parij bitimiga muvofiq milliy dastur ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi. 

Mavzuga oid