Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dala chetlarida ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga yetkaziladi
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi jadallashtiriladi.
“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027 yillar davomida:
- tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
- respublikada ipak qurti urug‘iga bo‘lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;
- respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.
Prezident farmonida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni E-auksion elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang‘ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.
Mavzuga oid
13:59 / 24.01.2025
Jizzaxda tut daraxtlari kesilishi oqibatida 738 mln so‘mlik zarar yetkazildi
08:10 / 25.10.2024
Samarqandda 1 tup tutni kesgan fuqaro 75 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
10:53 / 24.07.2024
Yerlarni tut ko‘chatlarini ekish uchun ikkilamchi ijaraga olish mumkin bo‘ladi
13:48 / 12.02.2024