Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning ikki viloyatida umumiy quvvati 500 MW bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi
China Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MW bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi. Har bir loyihaga 250 million dollardan mablag‘ investitsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya shartnomalari tasdiqlandi. Bu haqda 7 may kuni qabul qilingan prezident qarorida keltirilgan.
Ushbu loyihalarning pudratchilari sifatida Universal Energy’ning sho‘ba korxonalari Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta MChJlar ko‘rsatilgan. Majburiyatlar bajarilishi uchun 9 mln dollarlik bank kafolati ko‘zda tutilgan.
Har bir loyiha doirasida 250 MW quvvatga ega shamol elektr stansiyalari, elektr uzatish liniyalari quriladi. Investor har bir loyihani amalga oshirish uchun 250 million dollar ajratishi qayd etilgan.
«O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» ushbu shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil davomida sotib olish kafolotini olgan. O‘z navbatida, elektr energiyasining qanchadan sotib olinishiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025