Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda kuchli yomg‘ir suv toshqinlari keltirib chiqardi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Bag‘lon viloyatida mavsumiy yomg‘irlar oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi "Tolibon" rasmiylari.
Associated Press agentligining viloyat tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi direktoriga tayanib xabar berishicha, suv toshqini bir qancha hududlarda uylar va mulklarga ham zarar yetkazgan.
Agentlikning uning so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, "halok bo‘lganlar soni ko‘payishi mumkin".
Toliblarning tabiiy ofatlar bilan kurashish vazirligi vakili aytishicha, suv toshqinlari Kobulga ham ta’sir ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, jabrlangan hududlarga oziq-ovqat va boshqa yordamlar bilan qutqaruv guruhlari yuborilgan.
Aprel oyida butun mamlakat bo‘ylab kuchli yomg‘ir va suv toshqini oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025