Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 39 yoshli B.R. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 11 mln 719 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi 20 yoshli X.Z. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.Z. Telegram orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan X.Z.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024
Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
11:41 / 01.11.2024