Ukraina Vovchansk uchun janglarda Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishganini ma’lum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Xarkiv yo‘nalishidagi vaziyat murakkab va dinamik ravishda o‘zgarib bormoqda. Uning ma’lumotlariga qaraganda, rossiyaliklar Vovchanskka hujum qilish uchun muhim kuchlarni jalb etgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Xarkiv yo‘nalishida chegaradagi Vovchansk shahri uchun olib borilgan janglarda taktik muvaffaqiyatga erishgan. «Dushman shaharga hujum qilish uchun beshtagacha batalondan iborat ko‘p sonli kuchlarni joylashtirdi va yo‘qotishlarni hisobga olmayapti», — deya ma’lum qildi Ukraina Bosh shtabi 13 may, dushanbaga o‘tar kechasi. Unga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida birgina shu yo‘nalishda 100 dan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Bayonotda, shuningdek, Xarkiv yo‘nalishidagi operativ vaziyat hali ham murakkabligi va dinamik ravishda o‘zgarib borayotgani, Pilnaya - Lukyansi, Pilnaya - Glubokoye, Pilnaya - Oleynikovo va Murom - Bugruvatka yo‘nalishlarida janglar ketayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, ruslar Strelechya - Glubokoye, Oleynikovo - Glubokoye, Oleynikovo - Lukyansi, Murom - Staritsa hamda Pletenevka - Tixoye yo‘nalishlarida hujum operatsiyalarini o‘tkazmoqda.
Rossiya Xarkiv viloyatidagi bir qancha aholi punktlarini egallab oldi
So‘nggi kunlarda Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasining «Sever» guruhi bo‘linmalari Xarkiv viloyati Rossiya bilan chegaradosh bir necha aholi punktlarini egallab olgani haqida xabar berdi. Ular orasida Volchansk shimolidagi Pletenevka va Gatishche, shuningdek, Borisovka, Ogursovo, Pilnaya va Strelechya bor.
Avvalroq Ukrainaning Deep State Telegram-kanali «Xarkiv viloyatidagi chegara aholi punktlari, xususan, Vovchansk shahri turli xil vositalar bilan kuchli o‘qqa tutilgani» haqida xabar bergan edi. O‘z navbatida, Reuters agentligi 10 may kuni Ukrainaning yuqori martabali harbiy amaldoriga tayanib, Rossiya armiyasi Vovchansk hududida taxminan 1 km ilgarilab ketgani va Rossiya Qurolli kuchlarining maqsadi dushmanni 10 km orqaga surib tashlash ekanini yozgan. 10 may kuni Ukraina OAV Vovchansk shahar harbiy ma’muriyati raisi Tamaz Gambarashviliga tayanib, «Xarkiv viloyatining Vovchansk shahri va uning atrofidagi aholi punktlaridan aholi evakuatsiya qilinayotgani» haqida yozdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Kiyevdagi matbuot anjumanida rossiyaliklar «yangi hujum to‘lqinini» boshlaganini ma’lum qildi. Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasining Xarkiv viloyati chegarasida harakatlari faollashgani munosabati bilan Ukraina Qurolli kuchlari zaxira bo‘linmalari front ushbu qismiga yuborilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024