Mbappe 5-bor Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Fransiya chempionatida mavsumning eng yaxshilari aniqlandi.
«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe qatorasiga 5-mavsum eng yaxshi futbolchi deb topildi. 25 yoshli fransuz bu borada rekordchi sanaladi. Keyingi o‘rinlarda Zlatan Ibrahimovich (3) va Eden Azar (2) turadi.
Parijliklar posboni Janluiji Donnarumma eng yaxshi darvozabon, yarimhimoyachisi Uorren Zair-Emeri eng yaxshi yosh o‘yinchi sifatida e’tirof etildi.
«Brest» ustozi Erik Roy eng yaxshi murabbiyga aylandi.
Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Janluiji Donnarumma («PSJ»);
Himoyachilar: Ashraf Hakimi («PSJ»), Markinos («PSJ»), Leni Yoro («Lill»), Bradle Loko («Brest»);
Yarimhimoyachilar: Vitinya («PSJ»), Uorren Zair-Emeri («PSJ»), Piyer Le-Melu («Brest»);
Hujumchilar: Usmon Dembele («PSJ»), Kilian Mbappe («PSJ»), Piyer-Emerik Obameyang («Marsel»).
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
10:24 / 30.08.2024
«Real» mavsum startida ikkinchi bor ochko yo‘qotdi
17:09 / 16.07.2024
Foto: «Real» Mbappening taqdimotini o‘tkazdi
08:27 / 06.07.2024