Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi tasdiqlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzgani uchun ustav kapitali eng kam miqdori 0,1 foiz miqdorigacha jarima qo‘llashga haqli.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganligi uchun ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima qo‘llashga haqli. Bunda, sug‘urtalovchiga qo‘llaniladigan jarimalarning umumiy miqdori ustav kapitalining eng kam miqdori 1,0 foizidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Jarima sanksiyalarini qo‘llash asoslariga quyidagilar kiradi:
- vakolatli davlat organining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari va tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar va rasmiylashtirilgan hujjatlar;
- qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organiga topshiriladigan hisobotlar va ma’lumotlar;
- auditorlik va aktuar tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosa va boshqalar.
Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror vakolatli davlat organining rahbari yoki o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qarorni qabul qilishga ishchi komissiyaning xulosasi asos bo‘ladi.
Vakolatli davlat organining jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan sug‘urtalovchi qarordan ko‘chirmani olgan sanadan boshlab o‘n besh kun ichida apellyatsiya kengashiga yozma ravishda shikoyat berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Nizom bilan muayyan turdagi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun jarimalar miqdorini o‘z ichiga oladigan ilova (“Sug‘urtalovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun vakolatli davlat organi tomonidan qo‘llaniladigan jarima sanksiyalari”) tasdiqlandi.
Mavzuga oid
20:43 / 14.11.2024
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
20:40 / 06.11.2024