Sport | 07:46 / 17.05.2024
19052
1 daqiqa o‘qiladi

«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida

Foto: Tribuna.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi U-23 finalidagi mag‘lubiyati (Yaponiya, 0:1) va ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgani haqida gapirdi.

«Penaltidan foydalana olmaganidan (Umarali Rahmonaliyev finalda) keyin 3 kun uxlamay chiqdim. Qaniydi, o‘rnida o‘zim bo‘lsam edi, deyman-da. Bittagina to‘p-a. 

Mahorat ko‘rsatishdi, yaxshi o‘ynashdi. Ularning ko‘pi bilan gaplashdim, telegramma yubordim. 

Biz darrov chempionlikni xohlaymiz-da. Birinchi marta jamoaviy sport turidan Olimpiadaga chiqdik. Aslida bu ham katta yutuq. 

Futbol oson ish emas. Bilasizlarmi, nimadan g‘ururlanaman? Hozir 5-6 futbolchimiz dunyoning mashhur jamoalarida o‘ynamoqda», —deydi Mirziyoyev.

Mavzuga oid