Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
2023 yilda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 1072 dona noqonuniy qurollar aniqlanib, 839 nafar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida javobgarlikka tortilgan.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 220-1-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
2023 yilda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 1072 dona noqonuniy (ichki ishlar organlari ro‘yxatiga qo‘yilmagan) qurollar aniqlanib, 839 nafar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220-1-moddasi asosida javobgarlikka tortilgan.

2023 yilda pnevmatik qurollar bilan bog‘liq 5 ta noxush holat sodir etilgan va buning oqibatida 4 nafar fuqaro jarohatlangan, 1 nafar fuqaro esa halok bo‘lgan.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra fuqaro o‘z ixtiyori bilan pnevmatik qurolni olib kelib topshirsa ham ushbu qurol musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravariga, mansabdor shaxslarga esa – yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Jinoyat kodeksining 248-moddasida jamoat xavfsiziligi darajasi ancha yuqoriroq bo‘lgan o‘qotar qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 220-1-moddasiga shaxsni o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirganda ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Muhokamadan so‘ng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
10:19 / 17.04.2025
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
11:50 / 15.04.2025