Iqtisodiyot | 20:19 / 20.05.2024
10750
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy bank 2,5 million aholi bandligini ta’minlaydi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi. 

Taqdimotda Milliy bank hamda «O‘zsanoatqurilishbank»ning shu boradagi faoliyati haqida axborot berildi. 

Qayd qilinishicha, Milliy bank tomonidan 6 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zargarlik tarmog‘ida 2,1 trillion so‘mlik 526 ta, xizmatlar sohasida 41,8 trillion so‘mlik kreditlar hisobidan 40 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirish va 2,5 million nafar aholi bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. 

«O‘zsanoatqurilishbank» bu yil xalqaro moliya bozorlaridan 3 milliard 100 million dollarlik mablag‘ jalb etishni maqsad qilgan. Bank mijozlari bilan umumiy qiymati 4 milliard 800 million dollarlik investitsiya loyihalariga kirishilgan. Mazkur bank tomonidan qurilish materiallari sohasida 2024-2025 yillarda 529 ta loyiha doirasida 2 milliard 800 million dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, bu orqali 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Taqdimotda mijozlarning investitsiya loyihalarini tizimli monitoring qilib, muammolarni tezkorlik bilan hal etib borish zarurligi qayd etilgan.

Tadbirkorlarga tuman darajasidan respublika miqyosigacha har tomonlama yordam berish, ularning moliyaviy bilimlarini oshirish va innovatsiyalar bilan tanishtirish muhimligi ta’kidlangan.

Mavzuga oid