O‘zbekiston | 18:59 / 22.05.2024
6877
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Asakabank" xalqaro biznes forumda "Yil brendi" mukofotini qo‘lga kiritdi

Foto: Asakabank

“Asakabank” AJ joriy yil 18-19 may kunlari bo‘lib o‘tgan “Makon Marketing Forum” VI xalqaro biznes-forumi doirasida “Moliya.banklar” yo‘nalishi bo‘yicha “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlandi.

“Yil brendi 2023” mukofoti iste’molchilar o‘rtasida ochiq hamda ommaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra beriladi. Ushbu mukofot so‘nggi bir yillar ichida O‘zbekistonda katta muvaffaqiyatlarga erishgan hamda iste’molchilar ishonchi va sodiqligini qozongan brendlarga beriladi. 

“Yil brendi” mukofotini o‘tkazishdan asosiy maqsad ichki bozorda faoliyat yuritayotgan eng yaxshi marketing hamjamoati, ekspertlar va kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik, marketing va reklama xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Asakabank O‘zbekistondagi yirik banklardan biri bo‘lib, keng ko‘lamli bank-moliya xizmatlarini taqdim etadi. Ishonchli va sifatli xizmatlarni taqdim etishni maqsad qilgan Asakabank jismoniy va yuridik mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Bank foydalanuvchilarga iste’mol va ipoteka kreditlaridan tortib, investitsiya imkoniyatlari, omonat va qulay “Asakabank” mobil ilovasi orqali ilg‘or masofaviy bank xizmatlariga qadar turli mahsulotlarni taklif etadi.

Asakabank ilk bor “Moliya.banklar” nominatsiyasi bo‘yicha “Yil brendi – 2023” mukofoti uchun o‘tkazilgan ommaviy ovoz berishda ishtirok etdi. Tanlovda 300 ga yaqin kompaniya 25 turdagi nominatsiya bo‘yicha qatnashdilar. G‘oliblarni aniqlash jarayoni Telegram botda ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi va bunda 350 mingdan ortiq iste’molchilar ovoz berishdi.

Asakabank 10 mingdan ortiq – rekord natija bilan ovoz to‘plagan holda nominatsiya bo‘yicha banklar orasida munosib birinchi o‘rinni egalladi va “Yil brendi – 2023” mukofoti bilan taqdirlandi. Bank o‘z brendi uchun ovoz bergan va har kuni o‘z xizmatlarini tanlagan barcha mijozlariga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Asakabank har doim o‘z mijozlariga eng yaxshi moliyaviy yechim va xizmatlarni taklif qilishga intiladi. Asakabank albatta, o‘z mijozlarining hayotini osonroq va qulayroq tarafga o‘zgartirayotgan mahsulotlarni taklif qilish imkoniyatidan faxrlanadi. Bankning vazifasi har bir mijozning moliyaviy farovonligi va muvaffaqiyatini oshirishdan iborat. Asakabank oldida hali ko‘plab rejalar va ulkan maqsadlar turibdi. Asakabank o‘z mijozlarining ehtiyojlarini kutilgandek qondirish va undanda ziyoda qilish uchun rivojlanish va innovatsiyalarni tatbiq qilishni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 

Bankning barcha mahsulotlari bilan asakabank.uz veb-sayti orqali yoki 1152 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tanishishingiz mumkin.

Asakabank bilan moliyaviy kelajagingiz ishonchli qo‘llarda!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid