O‘zbekiston | 19:30 / 22.05.2024
7897
1 daqiqa o‘qiladi

San’at institutiga rektor tayinlandi

Prezident administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelgan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori etib tayinlandi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. 

Nodirbek Sayfullayev tayinlovga qadar, Prezident administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi. 

Shuningdek, u 2019-2022 yillarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori bo‘lib ishlagan. 

Tashkiliy masala ko‘rilgan yig‘ilishda yangi rahbarni Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov jamoaga tanishtirdi. Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ham yig‘ilishda ishtirok etdi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid