Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga taklif etmoqchi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Novosibirsk shahridagi non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Vosxod" aksiyadorlik jamiyati raisi Sergey Grebnev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizni va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Mazkur tashkilotning xorijiy ishchilar bilan ishlash tajribasi, tashkiliy tarzda bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish masalasi bo‘yicha fikr almashildi.
Rossiya tomoni jalb etilgan ishchilar rasmiy tarzda yollanishi, ularning ovqat va yashash xarajatlari qoplanishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va oylik maoshlar haqida batafsil aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan tashabbusli xodimlarni o‘rta-maxsus va oliy ta’lim malakalari bo‘yicha o‘qitish imkoniyatlari mavjudligi bildirildi. Hozirgi kunda tashkilotda qo‘shimcha 70 nafar ishchiga talab borligi va ushbu o‘rinlarga O‘zbekiston fuqarolarini jalb etish mumkinligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
17:29
Rossiyaning yana bir hududida migrantlar mehnatiga cheklov o‘rnatildi
09:31
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
14:56 / 17.11.2024