Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji uchun maqsadli qabul kvotalari ajratiladi
2024-2025 o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
“Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish bali tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;
b) hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda:
- davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmachilari hisoblanadi hamda kadrlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi;
- hududlar kesimida maqsadli qabul tegishli hududda doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi;
- maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (shahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (tashkiloti) va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida to‘rt tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda talabani ish bilan ta’minlash va uning o‘qishni yakunlagandan so‘ng muayyan hududda (tashkilotda) ishlab berishini monitoring qilish kadr buyurtmachisi zimmasiga yuklanadi;
v) 2024-2025 o‘quv yili qabulidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining boshqa ta’lim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi ta’lim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025