Narendra Modi 2047 yilgacha Hindistonni boshqarishga qodirligini aytdi
Hindiston bosh vaziri o‘zini Xudo tomonidan tanlanganiga ishonishini ta’kidladi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zini Xudo tanlagan odam deb atadi va Hindistonni yana 20 yildan ortiq boshqarishga qodirligini ma’lum qildi. Bu haqda TRT xabar berdi.
Hindiston rahbari Xudo uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan Hindistonni shakllantirish uchun 2047 yilgacha hukmronlik qilishni tayinlaganini ta’kidladi.
«Ba’zilar meni aqldan ozgan deyishi mumkin, lekin men Xudo tomonidan maxsus tanlanganimga ishonaman. Shuning uchun ham men o‘zimni to‘liq Xudoga bag‘ishladim», dedi bosh vazir.
74 yoshli Modi 2047 yilga borib, kuniga 24 soat ishlash orqali Hindistonni iqtisodiy rivojlangan davlatga aylantirishga va’da berdi.
«Rivojlangan Hindistonga erishish uchun Xudo menga kuniga 24 soat ishlashimni buyurganiga ishonaman», dedi u.
Narendra Modi 2014 yildan beri Hindiston bosh vaziri hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:25 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
15:07 / 27.09.2024
Festival fojiaga aylandi: Hindistonda 46 kishi cho‘kib ketdi, ularning aksariyati bolalar
22:19 / 24.09.2024