O‘zbekiston | 11:49 / 25.05.2024
16511
2 daqiqa o‘qiladi
OTM magistraturasi uchun chet tili darajasi talabi pasaytirildi
Endi magistratura yo‘nalishlariga qarab talab qilinadigan chet tili sertifikati B1’dan C1’gacha farqlanadi.
Qabulga oid prezident farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, OTM magistraturasiga qo‘yilgan chet tili talabi yo‘nalishlarga qarab farqlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, filologik yo‘nalishlar uchun C1 daraja, qolgan barcha yo‘nalishlar uchun esa B2 daraja talab qilinardi.
Yangi tartib bo‘yicha, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
- xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida S1 darajasida;
- gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida V2 darajasida;
- boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida V1 darajasida bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?
11:36 / 16.09.2024
Professor-o‘qituvchilar o‘zini birovga tobe insondek tutsa, kimni tarbiyalaydi?
15:26 / 14.09.2024
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi
19:16 / 11.09.2024