Jamiyat | 07:35 / 28.05.2024
2659
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram orqali soxta havola yuborib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Xorazm viloyatida yashovchi 52 yoshli (ayol) X.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 15 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. 

Foto: Shutterstock

Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi E.J. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, E.J. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali “Siz bonus yutdingiz” mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu e’longa ishongan X.S.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kirib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan. Uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan E.J.ga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid