Toshkentda avtobus bilan teplovoz to‘qnashdi
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrida avtobus bilan teplovoz to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir qildi. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 29 may kuni Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida 1994 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvida bo‘lgan avtobus 1979 yilda tug‘ilgan J.A. boshqaruvida bo‘lgan TM-3 rusumli teplovoz bilan to‘qnashib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi

14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025