Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning Bektemir hamda Uchtepa tumanlari ayrim hududlarida 30 may kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi.
Bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
30 may kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani: “Zabardast”, “Ustozlar”, “Iyk ota” hamda “Gulbog‘” MFY ayrim hududlarida soat 08:00 dan 13:00 gacha;
Uchtepa tumani: “Taqachi”, “Beshqayrag‘och”, “Ko‘rkamobod”, “Hojiobod”, “Latif Guzar”, “Hayratiy”, “A.Qodiriy”, “Jurjoniy”, “Quyi Darxon”, “Xurshid” hamda “O‘tkir” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025