RF Mudofaa vazirligi: Kiyevning maydagi yo‘qotishlari - 35 mingdan ortiq harbiy
Yaqinda tayinlangan mudofaa vaziri Belousovning so‘zlariga ko‘ra, may oyida Ukraina Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga uchragan va Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaga 8-9 km ichkariga kirib borib, yana 880 kvadrat km maydonni egallagan.
2024 yil may oyida Ukraina Qurolli kuchlari 35 mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 2700 dan ortiq qurol-yarog‘ini yo‘qotdi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 31 may, juma kuni Olmaotada bo‘lib o‘tgan KXShT Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.
Sergey Shoygu o‘rniga Putin tomonidan tayinlangan Belousov Ukrainadagi harbiy yo‘qotishlar haqidagi statistik ma’lumotlarning ruscha versiyasini ham taqdim etdi: «Ular orasida 290 ta tank va zirhli jangovar mashinalar, jumladan, to‘rtta Abrams, yettita Leopard, 12 ta Bradley bor». Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi yangi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «11 samolyot va to‘rtta vertolyot urib tushirilgan, 730 dala artilleriyasi va ko‘plab raketa tizimlari yo‘q qilingan».
May oyida Rossiya Qurolli kuchlari mingdan ortiq uchuvchisiz uchish apparatlari, ikki yuz ellikdan ortiq HIMARS va Vampire reaktiv snaryadlari, 80 dan ortiq Hummer boshqariladigan aviabombalari, 50 ta ATACMS operativ-taktik raketalari va sakkizta Scalp qanotli raketalarini tutib oldi», — deya xulosa qildi Rossiya vaziri.
Belousov, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Xarkiv viloyatidagi harbiy amaliyotlar natijasida Ukraina hududiga 8-9 kilometr ichkariga kirib borib, 28 ta aholi punktini egallaganini aytdi. «Umuman olganda, bu yil 880 kvadrat kilometr hudud Rossiya armiyasi nazoratiga o‘tdi», dedi Belousov.
Ukraina Bosh shtabi: So‘nggi 24 soat ichida Rossiyaning yo‘qotishlari 1390 nafar harbiyga ko‘paydi
Ayni paytda, Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasini yorib o‘tishga urinib, og‘ir yo‘qotishlarga uchrashda davom etmoqda. 30 may kuni rus qo‘shinlarining yo‘qotishlari 1390 kishiga ko‘payib, 507 650 kishiga yetdi, bundan tashqari, so‘nggi 24 soat ichida ukrainalik himoyachilar 18 ta tank, 22 zirhli jangovar mashina va 39 ta dushman artilleriya tizimini yo‘q qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi 31 may kungi xabarnomasida aytilgan.
Unda, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga hujumi davomida RFning transport vositalari va yuk mashinalari (53), qanotli raketalar (7) va dronlar (55), shuningdek, raketa artilleriyasi (1088), samolyotlar (357), vertolyotlar (326), havo mudofaa vositalari (815) va kemalar (27) bo‘yicha yo‘qotishlari ko‘rsatilgan.
Shols: Rossiya Ukrainada har oy 24 ming askarini yo‘qotmoqda
«Oyiga 24 ming rossiyalik askar (Ukraina bilan urushda) halok bo‘lgani yoki og‘ir yaralanganidan dalolat beruvchi raqamlar bor», — dedi Germaniya kansleri Olaf Shols 26 may kuni «Fuqarolik muloqoti» tadbirida.
Shols ta’kidlashicha, Rossiya armiyasining yo‘qotishlari, shuningdek, ko‘plab ukrainalik askarlar va tinch aholining o‘limi «imperialistik megalomaniya» natijasidir. Rossiya Federatsiyasi Ukraina va Belarusni Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydi va shuning uchun Yevropada o‘nlab yillar davomida amal qilib kelayotgan chegaralar daxlsizligi tamoyilini buzdi, deya ta’kidladi Germaniya kansleri.
Ikkala tomonning yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q
Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush paytida Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida ishonchli ma’lumotlar yo‘q. «Mediazona» nashri va BBC rus xizmati jurnalistlari ko‘ngillilar bilan birgalikda 2024 yil apreliga qadar ochiq manbalardan 50 mingdan ortiq halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar ismini aniqladilar. Xuddi shu oyda Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiyaning ushbu urushdagi ehtimoliy yo‘qotishlarini 450 ming kishi atrofida baholadi. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns yanvar oyida 315 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgani haqida gapirdi.
Ukraina Qurolli kuchlarining bu vaqt ichida yo‘qotishlari haqida ham rasmiy ma’lumotlar yo‘q. 2024 yil fevralida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ilk bor 31 ming ukrainalik askar halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024