Turkiya Isroil jinoyatlariga qarshi chora ko‘rgan yagona davlatdir - Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo sektoridagi qatliomini yana bir bor qoraladi.
Turkiya 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azo sektorida davom etayotgan qirg‘inlarga eng kuchli reaksiya ko‘rsatibgina qolmay, qon to‘kilishini to‘xtatish uchun ham aniq choralar ko‘rgan yagona davlatdir. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 1 iyun kuni Anqarada o‘tgan hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi majlisida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari Turkiya hukumati Isroil rasmiylarining jinoyatlarini qoralash bilan cheklanib qolmaganini, balki anklavning yuz minglab aholisi uqubatlariga chek qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an Turkiya Isroil bilan avvaliga 54 turdagi tovarlar, keyin esa qolgan barcha tovarlar bo‘yicha savdoni to‘xtatganini eslatdi. Turkiyaning G‘azo sektori aholisiga yuborgan gumanitar yordamining umumiy hajmi 55 ming tonnadan oshdi, dedi prezident.
«Turkiya o‘z vatanini himoya qilgan jasur Falastin xalqi bilan doim birga turadi. Yolg‘iz qolsak ham, buning uchun zarar ko‘rsak ham o‘z vijdonli, munosib va mard pozitsiyamizdan voz kechmaymiz», dedi davlat rahbari.
Turkiya prezidenti hukmron va muxolif partiyalarga Falastin kurashini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildirib, parlamentning Isroilni Rafahda uyushtirgan qirg‘inlarini qoralab, bir ovozdan qabul qilgan rezolyutsiyasini olqishladi. «Shaxsan o‘zim va turk xalqi nomidan sizga minnatdorchilik bildiraman», deb ta’kidladi prezident.
Mavzuga oid
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13 / 08.11.2024