2023 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan yapon sayyohlari soni to‘rt barobar oshdi
Mamlakat elchixonasi tomonidan Tokio shahrida O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Yaponiyaning Hankyu Travel International Co.Ltd sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yapon sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, yetakchi OAV vakillari va taniqli blogerlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiya bilan turizm sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratib, mamlakatga tashrif buyurayotgan yapon sayyohlari soni tobora ortib borayotgani, jumladan, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 4 barobarga oshganini ma’lum qildi.
Hankyu Travel Co.Ltd kompaniyasining tashqi turizm departamenti direktori Kuniaki Nemoto o‘z navbatida, mamlakat boy sayyohlik salohiyatini inobatga olgan holda yapon kompaniyasi O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, iyul oyidan sotuvga chiqariladigan yangi turizm paketlar haqida ham ma’lumot berdi.
O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan taqdimot davomida YuNeSKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy obidalar haqidagi ma’lumotlar ishtirokchilar e’tiboriga taqdim etildi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz kabi tarixiy shaharlar salohiyati, yapon sayyohlari uchun qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan o‘zbek milliy urf-odatlari, taomlari va yangi turistik yo‘nalishlar haqida ta’kidlandi.
Mavzuga oid
20:03 / 08.11.2024
Nissan savdolar tushib ketgani tufayli minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi
18:37 / 08.11.2024
Fuji tog‘iga birinchi qor yog‘di - bu 130 yildan beri kuzatilgan eng kech sana
17:26 / 07.11.2024
Osiyodagi eng katta kruiz layneri Yaponiyada buzilib qoldi
18:00 / 06.11.2024