Toshkent havosida kislorod yetishmovchiligi kuzatilgani aytildi
Havaskor tadqiqotchilardan biri poytaxtda havo tarkibidagi kislorodni o‘lchaganda miqdor 19,5 foizdan pasayib ketgani, aksincha azot miqdori sezilarli ortganini aniqlagan.
Joriy yilning 29 may kuni poytaxt havosi tarkibidagi kislorod miqdori me’yoridan pasayib ketgani aytilmoqda. Bunga bir necha omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Iqtimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent shahrida havo tarkibidagi kislorod miqdori pasayib ketgani haqida yozdi.
Havaskor tadqiqotchilardan biri 29 may kuni poytaxtda havo tarkibidagi kislorod o‘lchanganda miqdor 19,5 foizdan pasayib ketgani, aksincha havoda azot miqdori sezilarli ortganini aniqlagan.
Kislorod yetishmovchiligi kishilarning to‘yib uxlamasligida yaqqol ko‘rinadi. Ayni ko‘klamda poytaxtda kislorod yetishmovchiligi iqlimiy omil, sun’iy suv obektlarining kamligi sabab ro‘y bermoqda. Sun’iy suv obektlarida xlorella kabi suv o‘tlarini ko‘paytirish vaziyatni birmuncha yumshatadi. Kelgusida poytaxt va yirik shaharlarda ham Argentinaning yirik shaharlaridagi kabi havo tarkibidagi karbonat angidridni yutib, doimiy kislorod ishlab chiqaradigan qurilmalar o‘rnatishga ehtiyoj oshib boraveradi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, harorat ko‘tarilishi havo tarkibidagi kislorod kamayishi va atmosfera bosimining pasayishi surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi. Bu arterial gipertoniya, yurakning ishemik xastaligi, nafas olish o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarga salbiy ta’sir qiladi.
Ayniqsa, yirik shaharlar, yashil fitomassa, sun’iy suv obektlaridan holi yirik tekislik shaharlarda bu yanada kuchli seziladi. Tog‘ etaklari, yashil qoplamalar, ko‘plab suv obektlari atrofidagi hududlarda bu kabi holat kuzatilmaydi hisob.
“Yuqoridagi xastalikka moyil aholi qatlami shifokor bilan maslahatlashib, nafas olish mashqlarini bajarishi, nisbatan sovuq suv muolajalarini qabul qilishi, yurak-qon tomir faoliyatini rostlovchi dori-darmonlarni iste’mol qilishi tavsiya etiladi. Nisbatan salqin joylarda yurish, kuchli zo‘riqish, aqliy mehnatlarni kuchaytirish tavsiya etilmaydi”, — deb yozgan Erkin Abdulahatov.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024