Jahon | 17:17 / 04.06.2024
14000
6 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi janglarning navbatdagi kuni va Donetsk oblasti o‘qqa tutilishi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 831-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vitse-prezident Kamala Harris AQSh nomidan Shveytsariyadagi tinchlik sammitida ishtirok etadi.
  • Niderlandiya Ukrainaga o‘zi yetkazib berishni va’da qilgan 24 dona F-16 qiruvchi samolyotlaridan Rossiyadagi nishonlar bo‘ylab zarba berishga ruxsat berdi.
  • Safarbar qilinganlarning rafiqalari va onalari RF mudofaa vazirligining Moskvadagi binosi oldiga kelishdi. Ular yangi vazir bilan uchrashtirishni talab qilishgan.
  • Ukrainada rossiyalik harbiylar ukrain asirlarini SSSR madhiyasini kuylashga majbur qilgani aks etgan videoyozuv yuzasidan tekshiruv boshlandi.
  • «Verstka»: Rossiyada jang qilishdan bosh tortgan safarbar qilinganlarni zo‘rlik bilan Ukrainaga yuborish boshlandi.
  • «Ular uchrashi mumkin bo‘lgan qarshilikning jiddiyligini to‘g‘ri baholamayapti». RF TIV — Ukraina AQSh qurollaridan Rossiya bo‘ylab zarba berishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilingani yuzasidan.
  • Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastidagi dam olish bazasiga zarba berdi.
  • The Washington Post gazetasi Ukraina Amerika qurollari bilan Rossiyadagi nishonlarga zarba yo‘llashga ruxsat olishi tafsilotlarini hikoya qildi.

Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyasida tong otishi

Ukrainaning ko‘plab oblastlarida ikki yildan oshiq vaqtdan buyon janglar tun-u kun davom etmoqda, faqat ularning oralig‘ida kichik tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Luhansk oblastidagi Serebryansk o‘rmoni hududida jang qilayotgan «Azov» brigadasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida janglarning yangi kuni boshlanishini shunday tasvirlaydi: «Dushman zarbalari tufayli har kuni o‘zgaruvchi o‘rmon borgan sari ochiq maydonga aylanib bormoqda. Harbiy harakatlarning har kunida qachondir daraxtlarga to‘la bo‘lgan joy landshafti tanib bo‘lmas darajada o‘zgarmoqda va piyodalar deyarli har kuni atrof o‘zgarishiga moslashishga majbur». Quyida keltiriladigan tasvirlar 30 may kuni Donetsk oblastida Ukraina QK bo‘linmalaridan biri mudofaalanayotgan pozitsiyada olingan. S’yomka vaqtida ukrain harbiylari rossiyaliklardan taxminan 200 metr masofa berida turardi.

Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

«Azov»ning asirlikdagi jangchilarini qo‘llab o‘tkazilgan aksiya

«Azov» jangchilari RF qo‘shinlarining Ukrainaga bosqinining ilk kunidan Mariupolda jang qilishgan. Ular bir necha oy mobaynida, shaharning qolgan qismi rus qo‘shini tomonidan egallanganida «Azovstal»da mudofaani ushlab turishgan, ammo yakunda baribir taslim bo‘lishga majbur bo‘lishgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, o‘shanda jami ikki yarim mingdan ortiq harbiylar asir tushgandi. Ulardan bir qismi asirlar almashuvi doirasida uyga qaytishga muvaffaq bo‘lgan, ammo hamon ko‘pchilik Rossiya asirligida qolmoqda. «Azovstal» himoyachilarining qarindoshlari va yaqinlari muntazam ravishda aksiyalar o‘tkazib, ularni ozod etish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishni talab qilishadi. Shunday aksiyalardan biri 2 iyun kuni Lvivda bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari «Azov» uchun u ukrainlar uchun kurashgani kabi kurashishga chaqirib, «asirlik o‘ldirishi»ni eslatishgan.

Les Kasyanov / Global Images Ukraine / Getty Images

Donetsk oblastining okkupatsiya qilingan qismidagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Donetsk oblastining DXR nazoratidagi qismida Rozovka qishlog‘i joylashgan. Donbassda urush boshlanishidan oldin bu yerda bir yarim ming kishi yashagan. Hozirda Rozovkadan front chizig‘i o‘tadi, qishloq muntazam ravishda o‘qqa tutiladi, ammo bu yerda hamon odamlar yashamoqda. Frontning ikki tomonida ham bunday aholi yashash punktlarida yashovchilar boshqa xavfsizroq joylarga ketish uchun o‘zlarida imkoniyat ham, kuch va istak ham yo‘qligini aytishadi.

Rozovkada yashovchi 90 yoshli Valentina Chernaya vayron bo‘lgan uyi oldida. 2024 yil 3 iyun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rozovkada vayron bo‘lgan tovuqxona. 2024 yil 3 iyun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rozovka aholisi vakili. 2024 yil 3 iyun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rozovkalik 65 yoshli Yelena Gavrish otishma vaqtida vayron bo‘lgan uyida. 2024 yil 3 iyun
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid