Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 10-12 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi 10 iyunda +35...+40 daraja, 11 iyunda +34...+39 daraja, 12 iyunda +32...+37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10 iyunda +20...+25 daraja, 11-12 iyunda +22...+27 daraja, kunduzi 10-11 iyunda +36...+41 daraja, 12 iyunda +35...+40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-11 iyunda +20...+25 daraja, 12 iyunda +22...+27 daraja, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 11-12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.