O‘zbekiston | 07:51 / 08.06.2024
4118
1 daqiqa o‘qiladi

Yerning unumdor qatlamidagi tuproqni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi

Namangan viloyati Pop tumanida yerning unumdor qatlamidagi tuproqni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti

Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan

“T.R.” MChJ rahbari X.Ya. va boshqalar g‘isht ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan hududdan tashqariga chiqib, yerning unumdor qatlamidan maxsus texnikalar yordamida 12 ming kub hajmdagi tuproqni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 181,8 mln so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid