O‘zbekiston | 07:40 / 22.06.2024
2799
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki hududda tuproq jinslarni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari aniqlandi

Kogon va O‘rta Chirchiq tumanlarida tuproq jinslarni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda prokuratura departamenti. 

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kogon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar Sh.J., B.H., N.K. va boshqalar “O‘rta cho‘l” MFY hududidagi “K.J.” fermer xo‘jaligining yer maydonidan jami 465,6 ming kub metr qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 7,4 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda B.-s. MChJ rahbari F.V. g‘isht ishlab chiqarish faoliyati uchun “Qaytmas” MFYdan ajratib berilgan kon hududidan chetga chiqib, jami 45,4 ming kub metr tuproq jinslarni o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 779,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid