Jahon | 14:05 / 09.06.2024
13858
6 daqiqa o‘qiladi

Xerson va Luhansk oblastlarining okkupatsiya qilingan qismi o‘qqa tutilishidan o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 836-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Shimoliy Osetiyaga ilk bor dronlar hujum qildi. Mahalliy rasmiylar dronlarning nishoni harbiy aerodrom bo‘lganini aytishgan. Jabrlanganlar yo‘q. «Ukrainskaya pravda» bu Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi amaliyoti bo‘lganini xabar qilgan.
  • RF mudofaa vazirligi olti region va Qrimda jami 25 dron yo‘q qilingani haqida ma’lumot berdi. Belgorod oblastida ibodatxona shikastlangan. Jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.
  • Bloomberg: NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga 100 milliard dollarlik yordam ajratishni ko‘zda tutuvchi besh yillik fon tuzishdan bosh tortgan.
  • Parijda Moldovaning uch fuqarosi qo‘lga olindi. Ular «Ukrainadagi fransuz askarlari» yozuvli graffitini chizishda gumonlanmoqda.
  • Ukraina harbiy razvedkasi Kupyanskning sobiq meri Gennadiy Matsegorga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar berdi. U o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Kun kadri. Ukrainalik askar Kramatorskdagi vokzalda o‘g‘li bilan

Ukraina sharqida shiddatli harbiy harakatlar kechayotganiga qaramay, Ukraina qurolli kuchlari jangchilarida yaqinlari bilan uchrashish imkoniyati mavjud. Buning uchun ularning oila a’zolari Donetsk oblastining Kramatorsk shahriga kelishadi
Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Luhansk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Ukraina qurolli kuchlari 7 iyun kuni Luhansk bo‘ylab zarbalar yo‘llagan. Natijada ko‘p qavatli turar joy binosi pod’yezdi qulagan. O‘zini o‘zi e’lon qilgan respublika rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lib, 60 kishi jarohatlangan. Yaralanganlar orasida — 8 va 16 yoshlardagi ikki bola ham bor.

FVV xodimlari ukrainlar zarbasidan shikastlangan ko‘p qavatli bino hududida ishlamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
O‘qqa tutilgan uyda yashovchi ayol hujumdan keyin o‘z kvartirasini tozalamoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan uyda yashovchi ayol pod’yezdda
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Tibbiyot xodimlari katalkani raketa zarbasiga uchragan uy hovlisidan olib o‘tmoqda
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia

Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismi o‘qqa tutilishi oqibatlari

Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismiga Rossiya hukumati tomonidan gubernator etib tayinlangan Vladimir Saldoning ma’lum qilishicha, ukrain qo‘shini Golopristansk munitsipal okrugining Sadove qishlog‘ini o‘qqa tutgan. Saldo hujum oqibatida «ichida ko‘p miqdorda mijozlar va xodimlar bo‘lgan» do‘kon vayron bo‘lganini aytgan: 22 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohatlangan, besh kishi og‘ir ahvolda. Saldoning so‘zlariga ko‘ra, bu joyga ikki bor zarba berilgan — «xususiy sektor atrofidagi kichik do‘kon»ga birinchi zarba kelgan. «Qo‘shnilar yordamga oshiqqanida, ikkinchi zarba uchib kelgan», — degan «gubernator». U qurbonlar orasida — to‘qqiz yoshli bola ham borligini qo‘shimcha qilgan.

Vladimir Saldoning Telegram-kanali
Vladimir Saldoning Telegram-kanali
Vladimir Saldoning Telegram-kanali

Xarkiv oblastidagi ukrain artilleriyachilari

Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Luhansk oblastidagi rossiyalik sapyorlar 

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati / TASS / Profimedia

 

Xarkiv yaqinida FPV-dronlarni uchirayotgan ukrain askarlari 

Ukraina milliy gvardiyasi 13-brigadasi dronlar batalyoni jangchilari Xarkiv yaqinidagi yerto‘lada dronlarni ko‘zdan kechirmoqda
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mikolayiv yaqinida minalardan tozalanayotgan maydonlar

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan keyin Ukraina dunyoning eng tig‘iz minalangan hududiga aylandi: mamlakatning qariyb uchdan bir qismiga portlovchi moddalar o‘rnatilgan yoki minalar ko‘milgan. Bu hududlarni butunlay tozalash uchun o‘nlab yillar ketishi mumkin; okkupatsiyadan ozod etilgan hududlarda bu ishlar allaqachon boshlangan. Mikolayiv oblastidagi dalalarni Britaniya-Amerikaning HALO Trust notijorat tashkiloti xodimlari minalardan tozalash bilan shug‘ullanmoqda.

HALO Trust sapyori Snegirevka qishlog‘i atrofidagi maydonni minalardan tozalamoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Snegirevka qishlog‘i atrofidagi dalani tozalash vaqtida sapyorlar topgan o‘q-dori qoldiqlari
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid