Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patentlangan obektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi
Prezident tomonidan “Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Gaaga bitimining Jyeneva aktiga O‘zbekistonning qo‘shilishi haqida”gi qonun imzolandi.
Gaaga bitimining Jyeneva akti o‘z mahsulotlarini, eng avvalo xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishdan manfaatdor bo‘lgan sub’yektlarga sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning milliy tizimlarga nisbatan ancha qulay tartib-taomillaridan foydalanish imkonini beradi.
Milliy ishlab chiquvchilar bitta arizani Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) berishlari mumkin, u barcha tartib-taomillarni bajarishni va hujjatlarni yuborishni o‘z zimmasiga oladi.
Qonunning qabul qilinishi milliy ishlab chiqaruvchilarning intellektual mulkini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek yangi mahsulot yaratishda ularning javobgarligini oshirish va ishlab chiqarishda patentlangan obektlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, ushbu xalqaro hujjatga qo‘shilish mamlakatning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:45 / 26.03.2025
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi
17:02 / 26.03.2025
Rossiyada migrantlar uchun maqsadli patentlar joriy qilinishi mumkin
22:09 / 24.03.2025
Rossiyada migrantlar uchun soliqni oshirish taklif etildi
20:56 / 23.03.2025