Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul KXDRga ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishlar uzatishni qayta tikladi
Eshittirishlar Shimoliy Koreya bilan chegarada o‘rnatilgan dinamiklar orqali uzatilyapti. KXDRning chegaradosh hududlari aholisi Shimoliy Koreya senzurasi nazorati ostida bo‘lmagan yangiliklar va dasturlarni eshitishi mumkin.
Janubiy Koreya 9 iyun, yakshanba kuni Shimoliy Koreya bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishlar uzatishni qayta boshladi, deb xabar berdi Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati. KXDRning chegaradosh hududlari aholisi Shimoliy Koreya senzurasi nazorati ostida bo‘lmagan yangiliklar va boshqa eshittirishlarni eshitishlari mumkin bo‘ladi.
Seul rasmiylari bu qarorni Shimoliy Koreyaning davom etayotgan «chiqindi hujumlari»ga javob deb atadi. May oyining oxiridan beri Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 1000 dan ortiq sharlarni uchirdi, ularga hojatxona qog‘ozi, plastik butilkalar, batareykalar, poyabzal qismlari va go‘ng to‘ldirilgan chiqindi qoplari bog‘lab qo‘yilgan.
KXDR aholisi uchun varaqa va dollarlar
Pxenyan, o‘z navbatida, bunday havo sharlari uchirilishi Janubiy Koreyaning avvalgi harakatlariga javob ekanligini, u ham KXDRga Kim Chen In rejimiga qarshi kurashishga chaqiruvchi varaqalar, dollar banknotalari va KXDRda taqiqlangan Janubiy Koreya filmlari hamda pop-musiqasi yozilgan fleshkalar bo‘lgan havo sharlari uchirganini bildirdi.
Seul birinchi marta 2004 yilda ikki Koreya davlati o‘rtasidagi chegara chizig‘i bo‘ylab o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar orqali KXDRga eshittirishlar uzatishga urinib ko‘rgan va uni vaqti-vaqti bilan tiklagan. Shimoliy Koreya senzura nazoratida bo‘lmagan yangiliklar va taqiqlangan musiqa chegara qo‘shinlari va aholini ruhiy tushkunlikka tushirishidan xavotirlanib, unga qarshi kurashmoqda.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025