Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duma nomaqbul xorijiy tashkilotlar to‘g‘risidagi loyihani ma’qulladi
Har qanday xorijiy tashkilotni Rossiya Federatsiyasida «nomaqbul» deb tan olishga imkon beradigan tuzatishlar birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi birinchi o‘qishda xorijiy davlatlar organlari tomonidan tashkil etilgan xorijiy va xalqaro tashkilotlarni «nomaqbul» deb tan olishga imkon beradigan qonun loyihalari to‘plamini qabul qildi. Bu haqdagi xabar 11 iyun, seshanba kuni Davlat dumasi saytida e’lon qilindi.
Hozirga qadar Rossiya Federatsiyasida «nomaqbullar» ro‘yxatiga faqat nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) kiritilishi mumkin edi. Shu tariqa, agar yangi tuzatishlar ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinsa, Rossiya Federatsiyasi hududidagi har qanday xorijiy tashkilot «nomaqbul» deb hisoblanishi mumkin.
«Nomaqbul tashkilotlar» maqomi Rossiya qonunchiligida 2015 yildan beri qonuniy ravishda mavjud. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan NNTning Rossiya Federatsiyasi hududida faoliyat yuritishi taqiqlanadi, ular ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik qilganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ham nazarda tutilgan. Jami 166 ta tashkilot «nomaqbullar» ro‘yxatga kiritilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025