Okkupatsiya qilingan hududlarda Rossiya kuni va jangchilarni qutqarayotgan shifokorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 840-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya Kriviy Rih bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. To‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.
- AQSh Mosbirja va Milliy kliring markaziga sanksiyalar qo‘lladi. Mosbirja 13 iyundan dollar va yevro bilan savdo qilishni to‘xtatdi.
- Stoltenberg Ukrainaga qurol yetkazib berish NATOning barcha mamlakatlari uchun majburiyatga aylanishini ma’lum qildi.
- Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi: Ukraina Rossiyaning Qrimdagi raketa kompleksiga zarba berdi.
- Financial Times Rossiya bankida Ukrainadan olib chiqilgan to‘rt nafar voyaga yetmagan yetim bolalar haqidagi anketa ma’lumotlarini aniqladi.
- «Sistema»: yettita kompaniya urushdan keyin paydo bo‘lgan «Rostov patron zavodi»ni sudga berdi. U mudofaa vazirligi nomidan mashinalar sotib olgan va pulini to‘lamagan.
- Rossiya qo‘shini Kiyev va Ukrainaning boshqa regionlariga dronlar hamda raketalar bilan hujum uyushtirdi.
- Belgorod oblasti ukrainlar tomonidan o‘qqa tutilishi vaqtida snaryadlardan biri kvartiraga kelib urilgan. Tinch aholi vakili halok bo‘lgan.
Ukraina qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi zenit quroli
Xerson oblastida regionning bir qismini okkupatsiya qilgan Rossiya qo‘shini Dniproning o‘ng sohilidagi ukrain qo‘shinlarini muntazam ravishda artilleriyadan o‘qqa tutib, ularning pozitsiyalariga dronlar bilan hujum uyushtirmoqda. Ukraina QK bu hujumlarni qaytarish uchun, boshqa vositalar qatorida ZU-23-2 zenit qurilmalaridan foydalanmoqda. Bu qurollar 1960 yilda SSSRda ishlab chiqilgan, ammo zamonaviy dronlarga qarshi ham samarali bo‘lib chiqdi.
Ukrainaning okkupatsiya qilingan oblastlarida Rossiya kuni
12 iyun RFda davlat bayrami — Rossiya kuni nishonlandi. Unga bag‘ishlangan tadbirlar Rossiya hukumati «yangi regionlar» deb atovchi Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham o‘tkazildi. Xususan, TASS ma’lumotiga ko‘ra, Luhanskda bayram munosabati bilan «Donbassdagi ilk siringariy» paydo bo‘ldi — Mudofaa ko‘chasidagi sirenalar bog‘ida „Velikaya Pobeda“, „Vetka mira“ va „Krasavitsa Moskva“ kabi nomlardagi 300 tup ko‘chat o‘tqazilgan. RF hukumatiga aloqador hisoblangan «Xalq fronti»ning yoshlar qanoti o‘zini o‘zi e’lon qilgan «DXR» va «LXR»da, shuningdek Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining anneksiya qilingan qismlarida trikolor lentalari va havo sharlari tarqatgan.
Donetsk oblastida Ukrainaning FPV-dronlari operatorlari
Donetsk oblasti mudofaasida boshqalar qatorida qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham mudofaani ushlab turibdi. Bu urushda 24-brigada tarkibida ham bo‘lgan dronlar operatorlari muhim rol o‘ynamoqda. Pilotsiz uchar qurilmalar raqibning shaxsiy tarkibi, boshpanalari va o‘t ochish nuqtalariga zarbalar bermoqda. «Kayfiyatimiz qandaymi? Yoz, quyosh, issiq — ishlayapmiz», — deya jangchilardan birining so‘zlari keltiriladi brigadaning feysbukdagi rasmiy sahifasida.
Ukraina qurolli kuchlarining mamlakat janubidagi barqarorlashtirish punkti
Donetsk oblastida general Mark Bezruchko nomidagi 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham jang qilmoqda. Barqarorlashtirish punktlaridagi harbiy shifokorlar ukrain askarlari hayotini asrab qolishda yordam ko‘rsatmoqda.
Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismida g‘alla o‘rimi
Rossiya Ukrainaning okkupatsiya ostidagi hududlaridagi g‘allani o‘rib olmoqda, mahsulotni olib chiqmoqda va xalqaro bozorda sotmoqda. Buning uchun foydalanilayotgan sxema haqida 2022 yil kuzida Financial Times nashri ham batafsil yozgandi. 2023 yilda, Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar okkupatsiya qilingan hududlardan qariyb besh million tonna g‘alla olib chiqishgan. «Vajniye istorii» 2024 yil mayida urush boshidan buyon rossiyaliklar Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlarida g‘allani olib chiqishda foydalaniladigan 500 ga yaqin kompaniya ro‘yxatga olinganini xabar qilgandi. Bunday kompaniyalar orasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning atrofidagi odamlarga aloqadorlari ham bor.
Mavzuga oid
20:14
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
19:21
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
14:22