Paynet virtual kartalari va Visa o‘rtasida o‘tkazmalar yo‘lga qo‘yildi
Paynet xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarni befarq qoldirmaydigan Visa bilan hamkorlik haqida e’lon qildi
Paynet x Visa: endi har qanday mahalliy to‘lov va o‘tkazmalarni O‘zbekistonning jismoniy kartalarisiz ham amalga oshirish mumkin
Toshkent, 2024 yil 12 iyun — elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchi operator Paynet yangi xizmat — Visa kartalaridan virtual Paynet kartalariga o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘yganini e’lon qildi.
Paynet Visa bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida e’lon qildi — endi dastur foydalanuvchilari istalgan Visa kartasidan virtual Paynet kartalariga past komissiya bilan o‘tkazmalar va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Paynetʼning qayd etishicha, ushbu funksiya doimiy sayohatchilar, xorijda ta’lim oladigan talabalar va eng asosiysi chet elda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga manzur bo‘ladi. Sababi bunday turdagi o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun Uzcard yoki Humo kartalari bo‘lishi shart emas.
Foydalanuvchi ilovada virtual Paynet kartasini ochishi, so‘ng Visaʼdan past komissiya bilan unga pul mablag‘larini konvertatsiya qilishi mumkin.
Konvertatsiya MB kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Konvertatsiyadan so‘ng, foydalanuvchi har qanday mahalliy to‘lovlarni — kartadan kartaga o‘tkazmalardan tortib, uy-joy kommunal va davlat xizmatlari uchun to‘lovlargacha amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, konvertatsiya va virtual Paynet kartasi to‘ldirilgandan so‘ng, foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin:
- Paynet shoxobchalarida naqd pul yechish
- Boshqa Paynet kartalarga mablag‘larni foizsiz o‘tkazish
- Humo va Uzcard kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini past komissiya bilan amalga oshirish
O‘tkazmalar uchun nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ochilgan Visa kartalari ham qabul qilinadi.
______
Paynet platformasi orqali 1500 dan ortiq xizmat yetkazib beruvchilari to‘lovlarni qabul qilishadi, jumladan, uy-joy va kommunal xizmatlar, Internet va mobil aloqa uchun to‘lovlar amalga oshiriladi.
Bugungi kunda Paynet xizmatlaridan kuniga 2 milliondan ortiq odam foydalanadi.
Reklama
Mavzuga oid
10:00
Paynet AJ BMTning Orol tubini ko‘kalamzorlashtirish dasturida ishtirok etmoqda
17:00 / 03.08.2024
Paynet: tez va komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin
17:00 / 23.05.2024
Paynet bugun: kompaniyada oxirgi yilning asosiy ko‘rsatkichlari bilan bo‘lishishdi va rejalar haqida gapirib berishdi
07:24 / 19.01.2024