O‘zbekiston | 08:24 / 14.06.2024
20258
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi

Muqimiy nomidagi musiqali teatrda ijod qilgan Malika Qayumova 70 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Malika Qayumova 1954 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan. Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 

U 1993 yildan beri Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. 

Malika Qayumova o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etgan.

Jumladan, “Taqdir”da amma, “Devona”da ona, “Fotima va Zuhra”da ona, “Alpomish”da Kuntug‘mish, “Pari qishloq”da ona, “O‘lding, aziz bo‘lding”da ona, “Xonuma”da Tekle, “Toshkentning nozanin malikasi”da Xayri, “Superqaynona-2”da Hojar, “Oy onam-qaynonam”da Qumri, “Qizi borning-nozi bor”da quda kabi obrazlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan. 

U 2011 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

Mavzuga oid