Samarqandda Nexia-3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzuʼga urildi. Ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi
Yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha hodisa 2024 yil 15 iyun kuni soat 12:10 larda sodir bo‘lgan.
M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Ishtixon tumani hududidan o‘tuvchi qismida Nexia-3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk mashinasiga urilgan.
Oqibatda Nexia-3 mashinasi old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Nexia-3ʼning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi esa Ishtixon tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025